22 Aprel 2022 yil 286

“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari teatrga tashrif buyurdilar.

Vataniga va oilasiga sadoqat, mehr-muhabbat ruhida fidoyilik bilan xizmat olib borayotgan bugungi kun ichki ishlar organlari xodimlari har tomonlama davlatimiz tomonidan munosib ravishda qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda.

Xodimlar va ularning oila aʼzolariga, farzandlariga yaratilayotgan ulkan shart-sharoitlar hamda keng imkoniyatlar bilan bir qatorda ular uchun alohida maʼnaviy-maʼrifiy va ko‘ngilochar dasturlar ham tashkil etilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 2 aprel kunidan 2 may kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning dam olish kunlarini oilasi va farzandlari bilan maroqli hamda sermazmun o‘tkazish maqsadida Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatining tashabbusi bilan xodimlar va ularning oila aʼzolariga, yaqinlari uchun Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan spektakl namoyish etildi.

Tashkil etilayotgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va ko‘ngilochar dasturlar har bir xodimni vataniga, xalqiga, va oilasiga bo‘lgan sadoqatini yana-da mustahkamlab, xalq manfaatlari yo‘lida pok va halol xizmat olib borishini taʼminlaydi.

 Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech