Maʼnaviyat marshrutining “Xovosdagi koʻhna bekati”
Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy bilim saviyasini yuksaltirish, yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, jismonan va maʼnan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalash, ularni oʻqitish orqali respublikamizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ–5050-son qarori bilan tasdiqlangan ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash shuningdek, Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining 2022 yil 1 avgust kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida 2022 yil 1-avgust kunidan 1-sentyabr kuniga qadar “VATANPARVARLIK OYLIGI”ni oʻtkazish toʻgʻrisidagi 80-sonli farmoyishiga asosan, shuningdek xodimlarni milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yoʻlida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga ularga munosib boʻlish tuygʻularini shakllantirish, har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, vatanparvar, milliy qadriyatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida 2022 yilning 08 avgust kuni “VATANPARVARLIK OYLIGI” munosabati bilan Guliston tuman IIB shaxsiy tarkibi Sirdaryo viloyati, Xovos tumaniда joylashgan “KOʻHNA XOVOS” ziyoratgohiga olib borildi. Ushbu tashrif mobaynida masʼul imom xatib tomonidan xodimlarga ushbu ziyoratgoh 2500 yillik tarixga ega ekanligini, mana nechi asrdirki, milliy qadriyatlar va urf odatlar avlodlardan-avlodlarga oʻtib kelayotganligini, bunday qadamjolarni koʻz qorachiqigʻidek asrash lozimligini batafsil tushuntirib oʻtdi. Shuningdek, xodimlar bu joydagi har bir asori-atiqalarni diqqat bilan tomosha qilishib tegishli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.