“Ma’naviyat oyligi” doirasida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Kodeks bilimdoni” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan joriy yilning 1-may kunidan 1-iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi” o‘tkazilmoqda. Mazkur oylik davomida Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, ma’naviy - axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, bu borada bilimli va salohiyatli xodimlarga iqtidorini namoyon etishlari uchun yеtarlicha shart - sharoitlar yaratish, ularni munosib ravishda rag‘batlantirish, shuningdek, xodimlarni ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksini qay darajada o‘zlashtirganligini aniqlash maqsadida joriy yilning 24-may kuni Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari o‘rtasida “Kodeks bilimdoni” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan “Kodeks bilimdoni” ko‘rik tanlovida shahar-tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 14 nafar xodimlar ishtirok etdi. Zukko, bilimdon va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yosh xodimlar savol-javoblarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Tashkil etilgan ushbu o‘yin haqiqiy bellashuvidan mutlaqo farq qilmadi.
Murosasiz, hayajon bilan qizg‘in o‘tgan ko‘rik tanlovida Guliston tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori leytenant Suyunov Azamat Rayimqul o‘g‘li faxrli birinchi o‘rinni, Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB safdor xodimi safdor Djo‘rayev Furqat Shobutayevich faxrli ikkinchi o‘rinni, Yangiyer shahar IIB JXX HPB voyaga еtmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi leytenant Omonov Sherzod Abdug‘ani o‘g‘li faxrli uchinchi o‘rinni egalladilar. G‘olib bo‘lgan xodimlar boshqarma boshlig‘ining qimmatbaho sovg‘alari hamda kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar.
Tashkil etilgan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bundan keyin ham davom etib, har bir xodimni vataniga, xalqiga va oilasiga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini ta’minlaydi.
Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati