Mahallalarda profilaktik ishlar olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani A.Temur MFY hududidagi Nizoli oilalar bilan manzilli ravishda olib borilgan ishlar va "2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida" 2022 yil 28- yanvardagi PF-60- son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida olib borilgan ishlari o‘rganildi.
Ushbu mahallada sudda nizolashib kelayotgan 2 nafar oila mavjud bo‘lib, ular bilan manzilli amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Boyovut tumani IIB JXX HPB XQMB katta inspektori S.U.Po‘latova va profilaktika inspektori M.Ortiqboyevlar tomonidan fuqarolarga doimiy ravishda huquqiy ko‘mak berilib kelinmoqda.
Manzilli ishlardan ko‘zlangan maqsad ajrimlar sonini keskin kamaytirish farzandlar kelajagiga befarq bo‘lmaslik, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha turiga qarshi kurashishda yakdillikni amalga oshirishdan iborat.