24 May 2022 yil 267

Litseyda mini-futbol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Joriy yiling 19-21 may kunlari IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarni jismoniy va maʼnaviy yetuk bo‘lib ulg‘ayishi, jumladan ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sportga keng jalb qilish maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida "Sportni sev-sport bilan yasha" shiori ostida mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada litsey o‘quvchilaridan tashkil topgan 14 ta jamoa guruhlarga bo‘lingan holda bellashishdi. Qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tkazilgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, faxrli 1-o‘rin 103-guruh o‘quvchilariga, 2-o‘rin 205-guruh o‘quvchilariga va 3-o‘rin 204-guruh o‘quvchilariga nasib etdi.

G‘oliblar, shuningdek musobaqada o‘zining mahorati va jismoniy salohiyati bilan alohida ajralib turgan o‘quvchilar “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi himoyachi” va “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyalari bo‘yicha litsey maʼmuriyati tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Text to speech