31 Mart 2022 yil 360

Litseyda anʼanaga ko‘ra kitobxonlik kechasi o‘tkazildi .

«Kitob - beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy.

Bugungi axborot asrining ilg‘or texnologiyalarisiz kunlarimizni tasavvur qilolmasakda, tengdoshlarimiz orasida kitobga oshno bo‘lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir. IIV Sirdaryo akademik litseyida ham kitobga oshno qalblar talaygina. Litseyda haftaning har dushanba kuni kitobxonlik kechasi o‘tkazilishi anʼanaga kiritilgan. Nаvbatdagi kitobxonlik kechasida 1-bosqich o‘quvchilari belgilangan kitoblar yuzasidan o‘zaro bellashishdi. Belgilangan 7 ta kitob asosida o‘tkazilgan tezkor savol-javoblar qizg‘in bahs - munozaralarga boy bo‘ldi.

"Maʼlumki, aholining intellektual va maʼnaviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va maʼnan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir." - deydi litsey direktori mayor G'ayrat Abdullayev .

Text to speech