1 Dekabr 2022 yil 301

Litseyda 1 dekabr -“Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 30- noyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida 1 dekabr -“Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Sirdaryo tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi saqlash bo‘limi epidemolog-vrachi H.B.Inomjonov “OIV-infeksiyasi tarixi, etimologiyasi va epidemiologiyasi” mavzusida maʼruza qildi. Maʼruza davomida jumladan OITSga qarshi kurashish, to‘g‘ri ovqatlanish, to‘g‘ri dam olish, jismoniy faollik, telefon va kompyuterlarni ishlatish tartiblari to‘g‘risida, OIV infeksiyasi va uning yuqish yo‘llari, OIV tarqalishiga qarshi yurtimizda olib borilayotgan ishlar xususida o‘quvchilarga prezentatsiya va videoroliklar orqali tushuntirib berildi. Tadbirda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassisidan kerakli javoblarni olishdi.

Shuningdek, o‘quvchilar har qanday yuqumli va boshqa kasalliklarni oldini olish uchun tibbiy madaniyatni yuksaltirish muhimligini, salomatligini o‘z qo‘lida ekanligini chuqur anglab yetishdi.

Text to speech