17 Iyun 2023 yil 350

Litsey o‘quvchilari respublika g‘olibi.

Prezidentimizning “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, shuningdek 2022-2023-yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida 10–12-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida “Yoshlar va qonun” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilaridan tashkil topgan 14-18 yosh toifasidagi “Akademik” va 18-30 yosh toifasidagi “Qalqon” jamoalari ham hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritib ishtirok etishdi.  

Jamoalar “Muamoli vaziyatga huquqiy yechim”, “Huquqiy penalti”, “Mening qonunchilik tashabussim”, “Sud majlisi modeli” deb nomlangan to‘rtta shart bo‘yicha bellashdilar. IIV Sirdaryo akademik litseyining “Qalqon” jamoasi 18-30 yosh toifasida har jabhada kuchli ekanliklarini namoyon etib faxrli birinchi oʻrinni qo'lga kiritgan boʻlsa, 14-18 yosh toifasida "Akademik" jamoasi esa munosib uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Tanlov yakunida ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ushbu g‘alaba o‘quvchilarga va ularning tengdoshlariga o‘z kuchiga ishonch va yengilmas iroda bilan intilish albatta muvaffaqiyatga yetaklovchi yo‘l ekanligini yana birbor ko‘rsatdi.

Aytish joizki, yoshlar bilan maqsadli ishlashga qaratilgan bu kabi tanlovlar ular o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, kelajagimiz vorislarining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

Text to speech