2 Dekabr 2022 yil 300

Litsey o‘quvchilari jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramov tomonidan 2022 yil 20 avgustdagi farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan dekabr oyi "Konstitutsiyaviy huquq" fani oyligi doirasida, 01 dekabr kuni vazirlik Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida o‘quvchilar hozirgi kundagi sud tizimida olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdilar. Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudi raisi S.Sariboyev tomonidan litsey o‘quvchilariga sud tizimida yangi qabul qilingan qonunlar va ularga yaratilgan sharoitlar, hozirgi kunda davlatimiz rahbari tomonidan odil sudlovni yana-da takomillashtirishga qaratilgan bir qator ustuvor vazifalar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Xususan, viloyat sudlari masʼuliyatini oshirish, jinoyat ishini ayblov xulosasi va himoyachi fikri bilan birga qabul qilishni va adolatli hukm chiqarish, inson taqdiri qonuniylik prinsiplariga asoslangan bo‘lishini taʼkidladi.

Shundan so‘ng litsey o‘quvchilari ochiq maʼmuriy sud jarayonlarida bevosita ishtirok etdilar. Sud jarayonlarini kuzatib huquqbuzarlarning qilgan ayblari uchun tayinlangan jazolarning qo‘llanilishi va sudyalarning faoliyati haqida umumiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Sudda maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha bir qancha holatlar o‘quvchilar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Sud jarayonidan keyin o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga sudyalar tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech