24 Oktyabr 2022 yil 305

Litseyda Ona tili oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ichki ishlar vazirining 2022-yil 20-avgustdagi 189-sonli farmoyishi asosida “Oktyabr-Ona tili oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan joriy yilning 21-oktabr kunida IIV Sirdaryo akademik litseyida “Qadring baland bo’lsin ona tilim” shiori ostida birinchi bosqich o’quvchilari o’rtasida “Til bilimdonlari” tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda Adolat SDP viloyat kengashi raisi o’rinbosari Behzod Abdullev, matbuot kotibi Sh.Umarov, bosh mutaxassisi A.Usmonov va Viloyat Kengashi deputati S.Elmurodovlar ishtirok etib, dildan suhbatlashishdi hamda o’z qalamiga mansub sheriy ijod namunalaridan keltirib, o’qituvchilar va tadbirda ishtirok etayotgan o’quvchilar ko’nglidan joy olishdi. “O’zbekiston Respublikasining davlat  til haqida” gi qonunlar asosida berilgan tezkor savol-javobda o’quvchilar ziyraklik va tezkorlik bilan javob berib, o’z bilim va ko’nikmalariga ega ekanligini yana bir bor isbot qilishdi. Tadbirda litsey o’quvchilari tomonidan tilimizni math etuvchi she’r, maqol va xalq og’zaki ijodidan namunalar keltirildi. Murosasiz kechgan bahsda jamoalar o’zlarining bor bilim va salohiyatlarini namoyish etdi. O‘quvchilar tomonidan kuylangan xalq og‘zaki ijodi namunalari va laparlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Yakunda birinchi o’rinni 103-guruhning “Ko’hinur” jamoasi, ikkinchi o’rinni 102-guruhning “Olimlar” jamoasi, uchinchi o’rinni 105-guruhning “Everest” jamoasi va 101-guruning “Adolat” jamoalari egallashdi.

Ko’tarinki ruhda bo’lib o’tgan tadbir tufayli shu aziz ona tilimizni asrab, doimo sof saqlash, muqaddas burchimiz ekanligi barchaning qalbidan joy olgani shubhasiz.

Text to speech