14 Aprel 2022 yil 291

Litseyda “Maʼnaviyat oyligi” doirasida kitob taqdimotlari o‘tkazildi.

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 25 mart kunidagi 79-sonli farmoyishiga asosan joriy yilning 2 aprel kunidan 2 may kuniga qadar barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” o‘tkazilmoqda. Vazirlik Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari bilan maʼnaviyat oyligi doirasida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazib borilmoqda. 

Jumladan, navbatdagi tadbir Sirdaryo tumani Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. O‘quvchilarni kutib olgan Sirdaryo tuman Axborot-kutubxona markazi direktori D.B.Xonto‘rayeva mehmonlarga kitob o‘qish inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochuvchi kalit ekanligi, ilm izlash, kitob, gazeta va jurnallarni mutolaa qilish kishining dunyoqarashini kengaytirishi, o‘zgalar oldida kitobxonning ilmiy, madaniy va axloqiy saviyasini yuqoriga ko‘tarishi to‘g‘risida taʼkidladi.

O‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” va Artur Konon DoylningSherlok Xolms va Doktor Vatsonning sarguzashtlari” asarlari taqdimoti jarayoni adibning hayoti va ijodi, asarning g‘oyasi, qahramonlarning ijobiy fazilatlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar bilan qiziqarli o‘tkazildi.

Tadbirda Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan o‘quvchilarga kutubxona faoliyati, kutubxonaning xizmat ko‘rsatish turlari, ilmiy-metodik faoliyati to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tildi va kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Shuningdek, kutubxona fondidagi boy adabiyotlar bilan yaqindan tanishgan o‘quvchilar ulardan foydalanish maqsadida kutubxonaga aʼzo bo‘lishdi.

Samimiy ruhda o‘tkazilayotgan shu kabi tadbirlardan o‘quvchilar o‘zlari uchun katta maʼnaviy ozuqa olishlari shubhasiz.

Text to speech