3 May 2023 yil 250

Litseyda “English Talant shov” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo akademik litseyida “Ingliz tili va rus tili” fani oyligi doirasida “English Talant shov” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda litseyning  1-kurs o‘quvchilari devoriy gazeta sharhi, ingliz tilida qo‘shiq kuylash va sahna ko‘rinishi shartlari bilan o‘zaro bellashdi. Tadbirda o‘quvchilar “Atello, Dezdemona va Yago“, ”Garry Potter va uning do‘stlari", "Shelbilar oilasi" kino filmidagi "Toms Shelbi, Artur Shelbi hamda Pitter Shelbi" obrazlarida namoyon bo‘lib, tomoshabinlarda katta taassurot uyg‘otdilar. Shuningdek, tadbirda o‘quvchilar tomonidan kuylangan ingliz tilidagi qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ham manzur bo‘lib, birgalikda hirgoya qilishdi. Tadbir yakuniy natijalariga ko‘ra 1- o‘rinni 102-guruh, 2-o‘rinni 107-guruh hamda 3-o‘rinni 103-guruh o‘quvchilari egalladi.

Taʼkidlash kerakki, bu kabi tadbirlar o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yana-da orttirishiga muhim bir omil bo‘lib xizmat qiladi.

Text to speech