18 Sentyabr 2023 yil 1568

Litseyda A.Qahhorning 116 yilligi munosabati bilan insholar tanlovi o‘tkazildi.

 IIV Sirdaryo akademik litseyida joriy yilning 15-sentabr sanasida “Abdulla Qahhor o’zbek adabiyotining faxri” mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi. Insholar tanlovida o’quvchilar adibning hayoti va ijodi, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi va uning asarlari to‘g‘risida fikr mulohazalarini bayon etdi. Tanlovda ishtirok etgan o’quvchilarining yozgan insholari mavzuni mazmun-mohiyatini to’laqonli ochib berganligi, mustaqil fikrlar mavjudligi hamda ishga ijodiy yondashganligi bo’yicha saralandi. Tanlovda 204-guruh o‘quvchisi Sh.Z.Saliyeva tengsiz deb topildi.

Ijodiy bellashuv yakuniga ko‘ra g‘oliblarga diplom va sovg‘alar topshirildi.

Text to speech