28 May 2022 yil 216

Litsey o‘quvchilari bilan "Bir million o‘zbek dasturchilari" loyihasi bo‘yicha IT Park Sirdaryo filialida sayohat tashkil etildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, kasb tanlashlarida kelajakda to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda shiddat bilan rivojlanayotgan texnologiya asrida munosib raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishda IT ning o‘rnini ёритиб бериш maqsadida, joriy yilning 24 may kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari bilan Guliston shahrida joylashgan IT parkga sayohat uyushtirildi.

IT Park Sirdaryo viloyat filialida o‘quvchilarni markaz katta web dasturchisi Malikov Shoxrux Abduvali o‘g‘li kutib oldi. IT mutaxassisi oʼquvchilarga IT sohasiga qanday kirib kelish va eng zarur metodlardan qanday foydalanish kerakligini aytib o‘tildi va markazning bitiruvchilari hamda hozirda tahsil olayotgan o‘rganuvchilar tomonidan tayyorlangan web-saytlar, loyihalar litsey o‘quvchilariga taqdim etildi. Shuningdek, Startup loyihalarni amalga oshirish, it-market tizimi va qanday qilib IT park rezidenti bo‘lish mumkinligi haqida maʼlumot berib o‘tildi.

O‘quvchilar IT parkda tashkil etilgan kompyuter savodxonligi, dasturlash, web-dizayn, robototexnika, kibersport turlari, IT-ingliz tili kabi bir qator to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishib, darsdan tashqari holatlarda mazkur to‘garaklarda ishtirok etish istagini bildirdilar.

Tashrif davomida o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan savollarga malakali mutaxassislar tomonidan yetarlicha javob oldilar. Ushbu sayohat o‘quvchilarimizda juda katta taassurot va IT sohasiga katta qiziqishni uyg‘otdi.

Text to speech