22 Aprel 2025 yil 581

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan hamkorlikda jamoat tartibini saqlash, xavfsiz muhitni yaratish va kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan joriy yilning 18-aprel kuni Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tadbir davomida, 26.000.000 so‘m pul evaziga 63 dona konvalyutada jami 709 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxs daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Text to speech