Yuksak kasbiy bilim, ko‘nikma va malaka samarali amaliyot garovi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 18-martdagi PQ-110-son qarori hamda Ichki ishlar vazirligi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15-avgust knidagi 45/45-son qo‘shma qarorlariga muvofiq ichki ishlar organlari voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixologlarining taʼlim-tarbiya sohasiga oid bilim saviyasi va ko‘nikmalarini yana-da oshirish hamda respublika oliy taʼlim muassasalari salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida joriy yilning 18 avgust kunidan 27 avgust kuniga qadar Guliston Davlat universitetida, universitetining malakali professor o‘qituvchilari jalb etilgan holda“Umumiy psixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Oila psixologiyasi” va “Bola psixologiyasi” modullari bo‘yicha sayyor o‘quv yig‘ini tashkil etildi.
Ushbu o‘quv yig‘inlarida viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan 43 nafar voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar ishtirok etishdi.
O‘quv yig‘inida ishtirok etib, yakuniy imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.