30 Oktyabr 2021 yil 397

Kompyuter oʻyinlari shahobchalari rahbarlariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari koʻrildi.

Viloyat prokuraturasi hamda viloyat IIB HPB ning 2021 yil 14 oktyabr kungi “Viloyat hududidagi tuman-shaharlarda joylashgan taʼlim muassasalarida o‘quvchilar davomatini yaxshilash, voyaga etmaganlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli xil ko‘rinishdagi jinoyatlarni oldini olish, dars vaqtida voyaga etmaganlarning internet klublari, maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa joylarda bemaqsad yurishlarini oldini olish hamda tungi vaqtlarda ko‘ngilochar maskanlarda ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning kuzatuvisiz bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida” gi qo‘shma rejasiga muvofiq viloyat IIB HPB, Guliston shahar prokuraturasi, Guliston shahar IIB HPB VEMB hamkorligida Guliston shahrida tungi vaqtlarda voyaga etmaganlarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining nazoratisiz ko‘ngilochar maskanlarda bo‘lishlarini oldini olish, ularning tungi vaqtlarda kompyuter shahobchalarida bemaqsad o‘tirishlari, kafe-bar, restoranlarda bo‘lishlarini oldini olish maqsadida tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlar davomida Guliston shaharidagi 10 tadan ortiq kompyuter o‘yinlari shahobchalari, tungi vaqtlarda ish yurituvchi ko‘plab kafe-barlar, restoranlarning faoliyatlari reyd aʼzolari tomonidan o‘rganib chiqildi. Tadbirlar davomida tungi vaqtlarda xususiy kompyuter o‘yinlari shahobchasida va boshqa joylarda ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining nazoratisiz bemaqsad o‘tirgan 8 nafar voyaga etmaganlar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli tartibda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47/1-moddasida ko‘rsatilgan javobgarlik choralari qo‘llanildi. Shu bilan birga shahardagi tadbirkorlik subyektlariga voyaga etmaganlarni tungi vaqtlarda nazoratsiz, bemaqsad bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik, ularni tungi vaqtlarda savdo va boshqa turdagi maishiy joylarda bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bir necha bor ogohlantirish olib borilganiga qaramay yuqoridagi kabi holatlarni sodir etilishiga yo‘l qo‘yganliklari uchun 7 ta kompyuter o‘yinlari shahobchalari rahbarlariga nisbatan qonuniy tartibda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-moddasi, 2-qismiga muvofiq maʼmuriy javobgarlik choralari ko‘rilib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Text to speech