10 Iyul 2024 yil 2505

“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks tadbirlari Guliston shahri xotin-qizlari o‘rtasidagi targ'iboti....

Oila va hotin-qizlar Guliston shahar bo'limi, viloyat IIB ma'sul xodimlari tomonidan yangi bozor hududida "Kiberjinoyatga qarshi kurash” oyligi doirasida aholini ogohlantirishmoqda.

"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida targ‘ibot tadbirlari o'tkazilmoqda. Mahalliy aholiga oylikni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad haqida maʼlumot berib o'tildi.

Elektron to‘lov vositalaridan xavfsiz foydalanish, shaxsga doir maʼlumotlarni ishonchli himoya qilish va ulardan noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, tovlamachilik, kiberzo‘ravonlik kabi qilmishlar sodir etishning oldini olish, taqiqlangan kontentlarga qarshi raqamli immunitetni shakllantirish kabi yo‘nalishlarda  maʼlumot berib o'tildi.

Text to speech