“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi — «Cyber-month» doirasida seminar tashkil etildi
Sirdaryo viloyati Guliston shahri AGRO bank binosida IIB Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmasi va Sirdaryo viloyati Markaziy bank tomonidan, Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi doirasida tashkil etilgan navbatdagi seminar. “Kibermadaniyatni yuksaltirishning dolzarb ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlandi. Seminar davomida Zamonaviy dunyoda yangi texnologiyalar, elektron xizmatlar bizning kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanganligi jamiyat kundan-kun axborotkommunikatsiya texnologiyalariga tobora ko‘proq qaram bo‘lib borayotganligini hisobga olib, ushbu texnologiyalarni himoya qilish va ulardan foydalanish milliy manfaatlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega va juda muhim mavzuga aylanganligi bugungi kunda axborot jamiyatini rivojlantirishning zaruriy sharti bu kiberxavfsizlik bilan bog‘liq ekanligi takidlab o‘tildi.
Shu sababli “Fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishiningoldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda fuqarolarda «kibergigiyena»ni shakllantirish” zarurligi va bu borada hamkorlikda ish olib borishlik tushuntirildi.