2 Iyul 2024 yil 983

«Kibermadaniyatni yuksaltirish» targʻibot oyligiga start berildi

Guliston shahar hokimligi katta majlislar zalida 1-iyulidan 31-iyuliga qadar Sirdaryo viloyatida Kibermadaniyatni yuksaltirish-kompleks targʻibot-tashviqot oyligini samarali oʻtkazish, oylik doirasida tashkil etiladigan tadbirlardan koʻzlangan maqsadga qaratilgan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimligi hamda ichki ishlar boshqarmasining masʼul rahbarlari, oylik doirasida tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolari jurnalist, bloger hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Masʼullar tomonidan oylik doirasida fuqarolarimizni kibermadaniyatini oshirish maqsadida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar hamda tanlovlar haqida ham maʼlumotlar berildi. Unga koʻra oy davomida «Eng faol mahalla», «Internet tarmogʻidan xavfsiz foydalanaman», «Firibgarlardan ehtiyot boʻling», «Eng yaxshi milliy kontent», kiberjinoyatlarga qarshi birgalikda kurashamiz kabi yoʻnalishlarda tanlovlar, kibersport musobaqalari ham tashkil etiladi.

Matbuot anjumani yakunida jurnalist va blogerlar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob olishdi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech