“Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida Guliston shahrida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Guliston shahri hokimligi majlislar zalida “Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda Guliston shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Bohodir Sayitnazarov tomonidan seminar ishtirokchilariga zamonaviy kibertahdidlar, kiberfiribgarlik usullari va turlari to‘g‘risida maʼruza va taqdimot materiallari orqali batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, seminar davomida bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik holatlari statistikasi keltirib o‘tildi hamda bunday firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun har bir xodimlar rioya qilishi lozim bo‘lgan tavsiyalar berib o‘tildi.
Tadbir jonli muloqot tarzida o‘tkazilib, uning yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi. Oylik doirasida targ‘ibot-tashviqot ishlari shaharning xar bitta mahallalarida faol davom ettirilmoqda.