2 Iyul 2024 yil 3024

«Kibermadaniyatni yuksaltirish» oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan tadbir yuzasidan

Sayxunobod tumanida 2-iyul kuni Sirdaryo viloyatida Kibermadaniyatni yuksaltirish-kompleks targ‘ibot-tashviqot oyligini doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda ichki ishlar boshqarmasi hamda tuman ichki ishlar bo'limining masʼul rahbarlari, oylik doirasida tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolari jurnalist, bloger hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Masʼullar tomonidan fuqarolarimizni kibermadaniyatini oshirish maqsadida maʼruzalar hamda video ro‘liklar namoyish etildi. Qolaversa oy davomida «Eng faol mahalla», «Internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanaman», «Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling», «Eng yaxshi milliy kontent», kiberjinoyatlarga qarshi birgalikda kurashamiz kabi yo‘nalishlarda tanlovlar, kibersport musobaqalari tashkil etilganligi haqida maʼlumotlar berildi.

Tadbir yakunida fuqarolar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob olishdi.

Text to speech