13 Oktyabr 2022 yil 258

“Keksalar haftaligi” doirasida Mirzaobod tumani IIBda IIV Faxriylar kengashi aʼzolari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar zamirida xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti, yoshlarning porloq kelajagini taʼminlash kabi ezgu maqsadlar mujassam. Jamiyatimizning asosiy tayanchi, ishonchi va poydevori bo‘lgan yosh avlodni barkamol qilib o‘stirish, ularga yo‘l yo‘riq ko‘rsatishda faxriy ustozlarning o‘rni va ahamiyati katta. Ularning ko‘p yillik samarali mehnati hozirda har bir sohada xizmat qilib kelayotganlar uchun ibrat maktabi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosari general-mayor A.Ikramov tomonidan tasdiqlangan reja asosida joriy yilning 12 oktyabr kuni Mirzaobod tumani IIBda IIV Faxriylar kengashi aʼzolari, isteʼfodagi polkovnik M.Mirfayziyev va O‘.Axmedovlar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Shuningdek, ushbu uchrashuvda Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Q.Shermatov, Boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi isteʼfodagi podpolkovnik O‘.Boltaboyev, Faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi polkovnik Y.Toshboyev, Faxriylar kengashi aʼzolari hamda tuman IIB xodimlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan yosh avlodni tarbiyalashda “ustoz-shogird” anʼanasiga amal qilish, ustozlarni ulug‘lash, ularni orttirgan tajribalaridan unumli foydalanish masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotgani, yurtimizda faxriylarga ko‘rsatilayotgan ehtirom, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, o‘z navbatida faxriylar ham yoshlarda vatanga muhabbat, Prezidentga sadoqat tuyg‘ularini yana-da chuqurroq singdirish maqsadida “Uch avlod uchrashuvi” kabi qator tadbirlarda yoshlar va xodimlarning kasb mahorati va tajribasini oshirishga o‘z hissasini qo‘shib kelayotganini taʼkidladi.

Tadbir yakunida faol faxriy xodimlar IIV Faxriylar kengashining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shundan so‘ng IIV Faxriylar kengashi aʼzolari bilan birgalikda Ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib nafaqaga chiqqan ijtimoiy himoyaga muhtoj faxriylarning xolidan xabar olinib ularga moddiy va maʼnaviy yordamlar ko‘rsatildi.

Tashkil etilgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar har bir xodimni vataniga, xalqiga va oilasiga bo‘lgan sadoqatini yana-da mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini taʼminlaydi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech