16 Sentyabr 2022 yil 292

“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida “Huquqiy Zakovat” oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 07 sentyabr kunidagi 198-sonli farmoyishiga asosan joriy yilning 10 sentyabr kunidan 10 oktyabr kuniga qadar Ichki ishlar organlarida oʻtkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida joriy yilning 15 sentyabr kuni Guliston tumani Ichki ishlar boʻlimining tashabbusi bilan ichki ishlar organlarida hamda oʻsib kelayotgan yosh avlod — maktab oʻquvchilari oʻrtasida xodimlar va yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy bilim saviyasini yuksaltirish, yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, jismonan va maʼnan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalash, ularni oʻqitish orqali respublikamizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirish, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari va maktab oʻquvchilarining intellektual bilim va salohiyatini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyati Guliston tumani Axborot-kutubxona markazida Guliston tumani Ichki ishlar boʻlimining xodimlaridan tashkil topgan jamoa, Guliston tumani Xalq taʼlimi boʻlimi xodimlaridan tarkib topgan jamoa va Guliston tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻquvchilaridan tashkil topgan jamoalar oʻrtasida “Huquqiy Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Murosasiz bahslarga boy va qizgʻin oʻtgan “Huquqiy Zakovat” oʻyinida jamoa ishtirokchilari oʻrtasida Hayʼat aʼzolari tomonidan berilgan huquqiy savollar asosida turli javoblar taqdim qilingan boʻlsada, hayʼat aʼzolari tomonidan munosib toʻgʻri javoblar odilona hisoblab borildi. Eng koʻp ovoz toʻplagan gʻolib jamoalar IIB boshligʻining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida tashkil etilgan bu kabi huquqiy-intellektual tadbirlar bundan keyin ham davom etib, har bir xodimni tezkor va hozirjavob boʻlishligini taʼminlaydi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech