15 Sentyabr 2022 yil 254

 “Kasbiy tayyorgarlik oyligi”doirasida Sirdaryo tumani IIB xodimlari bilan sport mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 07 sentyabr kunidagi Ichki ishlar organlarida 2022 yil 10 sentyabr kunidan 10 oktyabr kuniga qadar “Kasbiy tayyorgarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 198-sonli farmoyishiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-son Farmonida Respublika aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, «Workout» (mahalla va ko‘cha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilanganligi hamda haftada kamida bir martda rahbar va barcha xodimlarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi, ommaviy sport musobaqalarini bayramona ruhda va “shou” ko‘rinishida o‘tkazishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi ko‘rsatib o‘tilganligi, shu munosabat bilan, ichki ishlar organlarida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, shuningdek jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida Sirdaryo tumani IIB xodimlariga tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport mutaxassislari ishtirokida sport mashg‘ulotlari o‘tkazilib, Sport mashg‘ulotiga Sirdaryo viloyati Kasbiy tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i mayor J.Muxtorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  mas'ul xodimi mayor D.To‘laganovlar tashrif buyurib, xodimlarga 2022 yil 10 sentyabr kunidan, 10 oktyabr kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 07 sentyabr kunidagi Ichki ishlar organlarida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 198-sonli farmoyishiga asosan “Kasbiy tayyorgarlik” oyligi o‘tkazilayotganligi, ushbu oylik davomida ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan qo‘yilgan talablar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan mashg‘ulotlar bilan tanishtirib, xodimlarga barcha kerakli nazariy va amaliy tushunchalarni berib o‘tdi. Shundan so‘ng IIV va IIB mas'ul xodimlari ishtirokida sport mutaxassislari tomonidan  xodimlar bilan sport mashg‘ulotlari o‘tkazilib, to‘singa tortinish hamda 100 metrga yugurish bo‘yicha sinovlar qabul qilib olindi.

 Sirdaryo tumani IIB

Text to speech