15 Sentyabr 2022 yil 247

“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida Sirdaryo tuman IIB xodimlari bilan «Situatsion» mashg‘ulot o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 07 sentyabr kunidagi Ichki ishlar organlarida 2022 yil 10 sentyabr kunidan 10 oktyabr kuniga qadar “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 198-sonli farmoyishiga asosan 2022 yil 14 sentyabr kuni xodimlarning intellektual bilimini oshirish, huquqni qo‘llash amaliyotida normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarni to‘g‘ri sharhlash va ularda samarali foydalanish bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yana-da oshirish  maqsadida tumanida IIB xodimlariga «Situatsion» mashg‘ulot o‘tkazildi. Ushbu dars mashg‘ulotida xodimlarning jangovar va o‘z ixtisosligiga oid boshqa vazifalarni bajarishda zarur bo‘ladigan jismoniy sifatlarni talab darajasida saqlash yana-da rivojlantirish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan mohirona foydalanish mustahkamlash maqsadida Sirdaryo tumani IIB tergov-tezkor guruhi bilan Situatsion o‘quv mashg‘ulotlari davomida sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyatida IIO xodimlarining  birinchi navbatda amalga oshirilish lozim bo‘lgan ishlari va vazifalariga alohida eʼtibor qaratilib tergov-tezkor guruhi kasbiy va amaliy faoliyatiga baho berildi.

 Sirdaryo tumani IIB

Text to speech