Kafeda janjal ko‘targan ayollarga jazo belgilandi
Sayxunobod tumani Farovon mahallasida joylashgan kafeda spirtli ichimlik iste'mol qilib, janjal ko'targan ayollar bilan Saxhunobod tumani IIB HPB Xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori mayor M.Narmuratova va profilaktika inspektori katta leytenant A.Babayarovlar profilaktik suhbat o'tkazishdi.
Ushbu ayollarga tarbiyaviy va huquqiy tushunchalar berildi. Fuqaro S.O. Sayxunobod tumanida yashasada, uning sherigi Sh.U. Guliston tumanida yashashligi aniqlandi. Ular kafega ovqatlanish maqsadida kelgan. Kafe egalari bilan o'zaro kelisholmay qolib, tuman IIBga xabar berishgan. Shundan so'ng ularni tuman IIB binosiga olib kelishligi tushuntirilganda, IIB mas'ul xodimlarining qonuniy talablariga bo'ysunmasdan, faol qarshilik ko'rsatishgan.
Fuqaro S.O va Sh.U larga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylshtirilib, sud tomonidan ularga nisbatan jazo tayinlandi.
Fuqaro S.Oga 5 sutka ma'muriy qamoq, Sh.U.ning yolg'iz ona ekanligini inobatga olib, eng kam oylik maoshining besh barobarida jarima jazosi tayinlandi.