15 Oktyabr 2021 yil
520
Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qarovsiz qoldirilgan dorixonadan uyali telefon oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi.
Joriy yilning yilning 10-oktyabr kuni soat 17:00larda nomaʼlum shaxs Yangiyer shahar, Z.Bobur MFY, Z.Bobur koʻchasida joylashgan “BEHZOD-FARM-YANGIYER” MCHJ qarashli dorixonadan narxi 3.950.000 soʻmlik “SAMSUNG A31» nomli uyali telefon apparatini oʻgʻirlaganligi yuzasidan Yangiyer shahar IIB Navbatchilik qismiga xabar kelib tushadi. Ushbu xabar yuzasidan jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni K. R sodir etganligi aniqlanib, qonun ustuvorligi taʼminlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati.