18 Mart 2023 yil 281

Jinoyat issiq izida fosh etildi.

Guliston shahar IIBga ariza bilan fuqaro Q.E murojaat qilib, arizasida nomaʼlum shaxs yashash uyiga hech kim yo‘qligidan foydalanib, devor oshib kirib, yashash uyining yotoqxonasida bo‘lgan jovon ichidan, 2.000.000 mln so‘m puli va 1 dona narxi 2.300.000 so‘mlik ayollar tilla buyumini o‘g‘irlab, jami 4.300.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazganligini maʼlum qilgan. Guliston shahar IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyati Yangiobod tumanida yashovchi H.J sodir etganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro H.J ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-m 2-q “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech