27 Avgust 2021 yil 567

JIB Boyovut tumani sudi tomonidan Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi hisobida jazo oʻtayotgan nazorat ostidagi shaxslar jazodan muddatidan ilgari sharti ozod etildi.

Boyovut tumani IIB boshligʻining taqdimnomasiga asoan Probatsiya guruhi hisobida ahloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan nazorat ostidagi shaxslar JIB Boyovut tumani sud majlisida koʻrib chiqildi.

Jumladan, Axloq tuzatish ishlari jazosi oʻtayotgan Boyovut tumani Iftixor MFYda yashovchi, B.B oʻtalmay qolgan 1 yil 1 oy jazosidan hamda Boyovut tumani Olmazor MFYda yashovchi Q.Z 1 yil 1 oy 15 kun tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari shartli ozod etilish uchun taqdimnoma kiritildi.

Bundan tashqari ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib Boyovut tumani Yangi avlod mahallasida yashochi nazorat ostidagi shaxs X.E oʻtalmay qolgan 9 oy 6 kun oʻtalmay qolgan jazosidan, Boyovut tumani Markaz MFYda yashovchi E.A 5 oy 24 kun oʻtalmay qolgan jazosidan ozod etilishi uchun Boyovut tumani IIB boshligʻining taqdimnomasi kiritildi.

Shuningdek, nazorat ostidagi shaxslar Boyovut tumani Farxod MFYda yashovchi A.B, Boyovut tumani Tinchlik MFYda yashovich J.B, Boyovut tumani Uchturgʻon MFYda yashovchi T.R, Boyovut tumani Doʻslik MFYda yashovchi, T.Mlar oʻzlarining shaxsiy iltimosnomasi JIB Boyovut tumani sudi tomonidan oʻrganilib chiqilib, 4 nafari oʻzining iltimosnomasiga asosan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosidan, 4 nafari IIB boshligʻining taqdimnomasiga asoan jami 8 nafari nazorat ostidagi shaxslar JIB Boyovut tumani sudining ajrimiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin jazo oʻtashdan shartli ozod etildi.

Oʻtkazilgan sudda JIB tuman sudining raisi Shuxrat Ismailov, sud kotibi Begzod Bekturayev, tuman prokurorining yordamchisi Boʻronov Muxammad Nemat oʻgʻli, Boyovut tuman IIO Probatsiya guruhi katta inspektor katta leytenant U.M.Togʻayev, inspektori F.A.Mirzayevlar va 10 nafar nazorat ostidagi shaxslar ishtirok etdi.

Boyovut tuman IIO Probatsiya guruhi

Text to speech