26 Fevral 2022 yil 322

Yangiyerda sportning minifutbol turi bo‘yicha Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i kubogi o‘tkazildi

Muhtaram yurtboshimiz tomonidan joriy yilning 19 yanvar kuni "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-92 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun viloyat 2-sektoriga qarashli Yangiyer shahar, Sayxunobod, Boyovut tumanlaridagi mahallalarning g‘olib jamoalari 2-sektor tumanlari o‘rtasida 3-bosqich minifutbol sport musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Bugun Yangiyer shahrida bo‘lib o‘tayotgan musobaqada Boyovut tumanining S.Ayniy, Sayxunobod tumanining Baxmalsoy hamda Yangiyer shahrining Davlatobod mahallalarining uyushmagan yoshlaridan tashkil etilgan jamoalar ishtirok etishdi. Musobaqa ayovsiz zarbalar va murosasiz baxslari bilan hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi.

Musobaqa yakunida Boyovut tumanining S.Ayniy mahallasi yoshlari 3-o‘rinni, Yangiyer shahrining Davlatobod mahallasi yoshlari faxrli 2-o‘rinni hamda Sayxunobod tumanining Baxmalsoy mahallasi yoshlari 1-o‘rinni egalladi va musobaqaning viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Tashkilotchlar tomonidan g‘olib va ishtirokchi jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Text to speech