20 Oktyabr 2022 yil 241

Yangiyer shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari shahar hududida joylashgan mahallalarda aholi muammolarini o‘rgandi.

Yangiyer shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari mayor B.I.Xudaybergenov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi "Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4102 Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda aholi turmushida uchrayotgan to‘siqlar, muammolar hamda ularni yechimi bo‘yicha takliflari, fikr-mulohazalari tinglanib kelinmoqda. Ushbu sayyor qabulda aholi tomonidan asosan mahalladagi elektr ustunlarini, ichimlik suvi tarmoqlari, imtiyozli kredit olish, bolalar sportini rivojlantirish, mahalladagi Ichki yo‘llarni taʼmirlashda amaliy yordam berish kabi masalalarida murojaatlar kelib tushmoqda.

Bu kabi uchrashuvlardan keyin aholi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning har birini ijrosi taʼminlanishi bo‘yicha 3-sektor rahbariyati tomonidan shahsan joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Shahar IIB boshlig‘ining topshirig‘iga asosan Yangiyer shahar “Maʼrifat” MFY, Tinchlik ko‘chasiga aholiga qulaylik yaratish maqsadida 2 ta yuk mashinasida tosh-shag‘al to‘kib tekistlab yo‘l qilib berildi, Yangiyer shahar “NavruzobodMFY, A.Navoiy guzari ko‘chasiga aholiga qulaylik yaratish maqsadida 4 ta yuk mashinasida tosh-shag‘al to‘kib tekislab yo‘l qilib berildi, Yangiyer shahar “Binokor” MFY, Bog‘ishamol ko‘chasiga aholiga qulaylik yaratish maqsadida 4 ta yuk mashinasida tosh-shag‘al to‘kib tekislab yo‘l qilib berildi.

Text to speech