Jinoyat xaqiqati va adolati
Erkin Dadaboуev bir marotaba sudning qora kursisiga o'tirgan bo'lsada qilmishidan to'g'ri xulosa chiqarmadi.O'zgalarning cho'ntagidagi narsalarini umarib , engil xayotni tanladi. Joriy yilning 8 - dekabr kuni Guliston shaxrining taraqqiyot maxallasi Navoiy shox ko'chasida joylashgan savdo rastalari tomon ketayotgan fukaro Zilola Mamazokirovaning cho'ntagidagi uyali aloqa aparatini o'maradi. O'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas deganlaridek bu kimsaga daromad topishning oson yuli yoqti shekilli, o'zgalarning mol mulkini talon taroj qilishni o'ziga kasb qilib oldi. O'zining jinoiy xarakatini yana davom ettirib, shu kuni Qizlarxon Bo'rimboevaning cho'ntagidan uyali aloqa aparatini o'g'irlab voqea joyidan yashirinadi.Xozirgi kunda Erkin Dadaboevga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 - moddasi 3 - qismi a bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.