15 Yanvar 2024 yil 2486

Shirin shahrida umumtaʼlim maktablari hamda kollej o‘quvchilari o‘rtasida “Huquq bilimdonlari” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Shirin shahar IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan 2024 yil — Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili va 14 yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan shahrimizdagi umum taʼlim maktablari hamda kollej o‘quvchilari orasida “Huquq bilimdonlari” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda har bir jamoadan 5 nafar ishtirokchilar o‘zlarining o‘quv dargohi sharafini himoya qilishdi. Jamoalar 3 ta shart bo‘yicha bellashib, IIBning malakali huquqshunoslari jamoalarning raqobatini odilona baholab borishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:

Shirin shahar 1-umumiy o‘rta taʼlim maktabi jamoasi 1-o‘rinni;

Ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi 2-o‘rinni;

Shirin energetika kolleji jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.

Tanlov g‘oliblari Shirin shahar IIB boshlig‘ining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, esdalik uchun fotosuratlarga tushishdi. Shirin shahar hududida Voyaga yetmagan orasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish, ularga qarshi murosasiz kurashish, yoshlarni ona vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash uchun yuqoridagi kabi tadbirlar kelgusida davom ettiriladi.

Text to speech