21 Iyun 2022 yil 255

“Intizom oyligi”da Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xizmat qilayotgan ayol xodimalariga psixologik treninglar tashkil etildi.

Mamlakatimizning barcha sohalarida boʻlgani kabi ichki ishlar organlarida ham xotin-qizlarga nisbatan alohida hurmat eʼtibor qaratilib, ularning huquq va erkinliklari kafolatlanmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 07-iyun kunidagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda «Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi 135-sonli Farmoyishiga asosan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari psixolog-mutaxassislari tomonidan viloyatning barcha sohaviy xizmatlari hamda ichki ishlar boʻlimlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimalar bilan psixologik trening mashgʻulotlari tashkil etildi.

Ham oilasining ham ichki ishlar organlaridagi mashaqqatli xizmat faoliyatini birdek olib borayotgan Toʻmaris izdoshlari har jabhada namuna va oʻrnak boʻlishi, kasbiy faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ruhiy holati, irodaviy xususiyatlari va qobiliyatlarini yanada mustahkamlash, oila turmush-tarzida farzand tarbiyasida, er-xotin munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammo va toʻsiqlarni yengib oʻtishga qaratilgan psixologik trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida xodimlarga “Rahbar maʼnaviyati”, “Rahbar psixologiyasi” mavzulari bilan birgalikda “Hissiy-emotsional barqarorlikni taʼminlashga boʻyicha tavsiyalar”, “Oʻzini-oʻzi boshqarishning psixologik usullari”, “Xodimalarda kommunikativ xususiyatlarini shakllantirish” mavzularida qoʻshimcha maʼlumotlar hamda zaruriy tavsiyalar berildi.

Oʻzining kasbiy faoliyatida gender tenglikni, xotin-qizlarning jamiyatda turgan oʻrni va roli muhimligi taʼminlash, ayollarning huquq va erkinliklarni kafolatlashda tinib bilmayotgan sohaning jonkuyar fidoyi xotin-qizlari uchun bu kabi oʻtkazilgan tadbirlar kelgusida ularning xizmat faoliyatida oʻzining samarasini berishga shubha yoʻq.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech