27 Iyun 2022 yil 310

“Intizom oyligi” doirasida Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar

“Intizom oyligi” doirasida Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar tizimli ravishda olib borilmoqda.

Viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlar bilan xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish borasida yig‘ilish o‘tkazildi.

Viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar bilan o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, tizimda xizmat qilayotgan xotin-qizlarning faolligi va tashabbuskorligini oshirish, ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan intizom buzish holatlarining oldini olish, o‘z xizmat vazifalarini bajarishga sidqidildan yondashish, hamkasblariga o‘rnak bo‘lish, o‘z ustida tinimsiz ishlash kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida, el-yurt osoyishtaligini taʼminlash yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olishda ko‘rsatgan jasoratlari, jamoat ishlarida faol, oila va jamiyat hayotida tashabbuskor bo‘lib, hamkasblariga o‘rnak kelayotgan 4 nafar xodimaga boshqarma boshlig‘ining faxriy yorliqlari, shuningdek, jamoat ishlarida faol bo‘lib, o‘z ustida ishlab namunali xizmat qilayotgan, musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelayotgan 3 nafar yosh xodimalarga boshqarma boshlig‘ining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, xotin-qizlar bilan olib borilgan yakka tartibdagi suhbat, xizmat joylariga borib o‘rganishlar davomida ularga  qonuniylik, xizmat va ijrochilik intizomiga rioya qilish borasida tushuntirishlar berilib, xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech