22 Iyun 2022 yil 256

“Intizom oyligi” davomida Guliston tumani IIBda xodimlar uchun psixologik-trening mashgʻulotlari tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 07-iyun kunidagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda «Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi 135-sonli Farmoyishiga asosan Guliston tumani IIB boshligʻining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari mayor A.Gʻiyosov hamda Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX psixolog-mutaxassislari tashabbusi bilan Guliston tumani IIB xodimlariga psixologik trening mashgʻulotlari tashkil etildi.

“Rahbar maʼnaviyati”, “Rahbar psixologiyasi” mavzulari bilan birgalikda “Ichki ishlar organlari xodimlarining psixologik xususiyatlarini rivojlantirish”, “Xodimlarda kommunikativ xususiyatlarini shakllantirish” mavzularida dars mashgʻulotlari oʻtkazilib, zaruriy tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbirga Guliston tumani Xalq taʼlimida faoliyat yuritayotgan malakali psixologlar jamoasi vakillari Naima Abdullayeva hamda Sanobar Ummatovalar taklif etilib, ular tomonidan xodimlarning irodaviy xususiyatlarini mustahkamlash, zoʻriqish, stress va tushkunlik holatlarini oldini olishga hamda favqulodda ekstremal vaziyatlarda qaror qabul qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan psixologik treninglar oʻtkazilib, shaxsiy tarkibning aqliy salohiyati, teran fikrlar darajasi, dunyoqarashi, jangovar-jismoniy xususiyatlarini yanada rivojlantirish boʻyicha psixologik maslahat hamda tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad, xodimlarning ruhiy holatini, jamoadagi maʼnaviy-ruhiy muhitning barqarorligini taʼminlash, xodimlar oʻrtasidagi oʻzaro sogʻlom psixologik munosabatni mustahkamlashdan iboratdir.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech