18 Iyun 2022 yil 226

“Intizom oyligi” davomida Guliston shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan psixologik seminar-trening mashg‘ulotlari va ochiq davra suhbatlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 07 iyun kunidagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti”shiori ostida“Intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 135-sonli Farmoyishiga asosan Guliston shahar IIBda ham samarali ishlar tashkil etilmoqda.

Guliston shahar IIB rahbariyati hamda Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX psixolog-mutaxassislari bilan birgalikda xodimlar bilan ochiq davra suhbatlari tashkil etildi.

Davra suhbatida xodimlarning xizmat faoliyatidagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va to‘siqlar, ularning kelib chiqishining sabab-oqibatlari hamda bartaraf etishning psixologik omillari  haqida so‘z yuritilib, psixolog-mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar va maslahatlar berildi.

Tashkil etilgan mazkur davra suhbatida, Guliston shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik B.Sayitnazarov so‘zga chiqib bugungi kunda Guliston shahar IIB xodimlari tomonidan xizmat faoliyatida, sport sohasida, jangovar-jismoniy faoliyatda erishayotgan natijalarga to‘xtatilib, namuna ko‘rsatayotgan xodimlar bugungi kunda ichki ishlar organlari obro‘sini ko‘tarayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Shu bilan birgalikda“Intizom oyligi” davomida xodimlarni xizmat intizomiga rioya qilishi, qonun buzilish holatlarini sodir etmasligi bo‘yicha qo‘shimcha yo‘riqnomalar berildi.

O‘z o‘rnida tashkil etilgan bu kabi ochiqlik asosida o‘tkazilgan psixologik davra suhbatlari, trening mashg‘ulotlarini muntazam olib borilishi xodimlarning xizmat faoliyati samaradorligi oshishida muhim omil bo‘lishi aytib o‘tildi.

 

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech