"Intizom oyligi" doirasida Guliston tumani ichki ishlar bo‘limida "Uch avlod" uchrashuvi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 25 iyul kunidagi farmoyishiga muvofiq joriy yilning 25-iyul kunidan 25 avgust kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Intizom oyligi” o‘tkazilmoqda. Mazkur oylik davomida jamiyatimizning asosiy tayanchi, ishonchi va poydevori bo‘lgan yosh avlodni barkamol qilib o‘stirish, ichki ishlar organlarida faxriylar bilan hamkorlikda ishlash tizimini takomillashtirish va ularning hayotiy tajribasidan samarali foydalanish hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining Ichki ishlar organlarida faxriylar bilan hamkorlikda ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 8 avgust sanasida Guliston tumani ichki ishlar bo‘limida sohada uzoq yillar xizmat qilgan faxriy xodimlar hamda yosh xodimlari bilan “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda xodimlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va g‘amxo‘rliklarga javoban Vatan xizmatiga kamarbasta bo‘lish lozimligini taʼkidlashdi.
Faxriylar uzviy anʼanaga sodiq qolgan holda joriy yilda ham yoshlarga maslahatchi-ko‘makchi sifatida har tomonlama yordam berishlarini bildirishdi. Faxriylar va xodimlar amaldagi yilda amalga oshiriladigan ishlar xususida ishlab chiqilgan reja asosida ishlashga kelishib olindi. Tadbir yakunida faxriylarga bo‘lim boshlig‘ining tashakkurnomalari topshirildi.
Tashkil etilgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar har bir xodimni vataniga, xalqiga va oilasiga bo‘lgan sadoqatini yana-da mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini taʼminlaydi.
Guliston tumani Ichki ishlar bo‘limi.