11 Mart 2022 yil 705

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavha yuzasidan rasmiy munosabat.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ko‘cha bolalari” Boyovutni norasmiy egalarimi?! sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borildi.

Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra holat joriy yilning 20 fevral kuni Boyovut tumani Bekat mahallasida sodir bo‘lganligi holati bo‘yicha viloyat IIB navbatchilik qismiga xabar berilib ro‘yxatga olingan. Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, tekshiruvlar davomida barcha gumonlanuvchilar aniqlangani, to‘plangan hujjatlar (holatga aloqador daliliy ashyolar, sud tibbiy ekspertizasi xulosasi, guvohlarning ko‘rsatmalari) asosida Boyovut tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech