4 Sentyabr 2021 yil 624

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maqola yuzasidan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Hujjat soxtalashtirish yoxud IIB xodimi tadbirkorni nega xo‘rladi?" sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borildi. Olib borilgan tekshiruv ishlariga ko‘ra 2021 yil 07 iyun kuni Yangiyer shahar Tibbiyot birlashmasiga Yangiyer shahar, Navro‘zobod mahallasida yashovchi A.X murojaat qilib, 07.06.2021 yil kuni soat taxminan 19:30 larda Yangiyer shahar Navro‘zobod maxallasida joylashgan ichimlik suvi taqsimlash korxonasi (Vodazabor)da tanishi P.A urib tan jarohati yetkazganligini maʼlum qilgan. Holat yuzasidan Yangiyer shahar IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib unga ko‘ra fuqaro P.Aga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi, 52-moddasi 2-qismi hamda fuqaro A.Xga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar JIB Boyovut tuman sudiga qonuniy hal qilishlik uchun yuborilgan. Ichki ishlarorganlari xodimlarining xati harakati yuzasidanga xizmat tekshiruvi tayinlangan.  

Shu o‘rinda, fuqarolar va blogerlardan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmasliglarini, kelgan har qanday maʼlumot yoki murojaatlarni tekshirib ko‘rish uchun vakolatli organlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatingiz borligini eslatib o‘tamiz.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech