27 Fevral 2025 yil 308

Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba dolzarbligi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-sonli qaroriga asosan joriy yilning 26-27 fevral kunlari Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida maxsus o‘quv kurslari tashkil etilishi belgilangan.

Oʻquv kurslarini sifatli hamda samarali tashkil etish maqsadida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi yetakchi mutaxassisi, 3-darajali adliya maslahatchisi D.Sh.Rahmatjonova, ushbu Markaz Inson huquqlari sohasidagi Ta’lim va ma’rifat bo’limi yetakchi mutaxassisi X.M.Abdurasulov, shuningdek, IIV Akademiyasi Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakulteti  boshlig’i yuridik fanlar doktori, professor,  polkovnik A.A.Matchanov hamda “Jazoni ijro etish faoliyati” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari doktori, podpolkovnik Q.B.Qodirovlar tashrif buyurishib, o’quv kurslariga jalb etilgan tergov, tezkor qidiruv, huquqbuzarliklar profilaktikasi yo’nalishlari, viloyat hududida joylashgan jazoni ijro muassasalari, shuningdek, viloyat prokuraturasi hamda sud organlarining bir qator xodimlariga “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida o’z bilim va tajribalari bilan o'rtoqlashmoqdalar.

Text to speech