23 Mart 2023 yil 293

IIV Sirdaryo akademik litsey oʻquvchilari bilan sayohat uyushtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevral kunidagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 3514-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi talablariga muvofiq, vazirlik Sirdaryo akademik litseyi oʻquvchilari bilan joriy yilning 20-mart kuni Samarqand viloyatining tarixiy obida va madaniy yodgorliklariga ekskursiya uyushtirildi.Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasiga aylanib borayotgan koʻhna va hamisha navqiron Samarqand shahriga sayohat davomida mahobatli Registon maydoni, buyuk sarkarda Amir Temur maqbarasi, Bibixonim madrasasi, buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi, Xoja Doniyor maqbarasi, Shohi Zinda ansambli, islom dunyosi buyuk muhaddis olimi Imom Buxoriy ziyoratgohi kabi tarixiy va muqaddas obidalarimiz bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, oʻquvchi yoshlar Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildilar hamda yaqinda bunyod etilgan Samarqand turizm markazi va “Boqiy shahar”ni tomosha qildilar.

Markaziy Osiyoning durdonasi hisoblanmish Samarqand shahriga sayohat –maftunkor yurtimizning tarixini oʻrganish, buyuk ajdodlarimizning tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish, qolaversa xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va anʼanalaridan bahramand boʻlish imkoniyatini berdi. Ekskursiya oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi

Text to speech