16 Sentyabr 2020 yil 2052

IIV Sirdaryo akademik litseyiga 2020-2021 oʻquv yili uchun test sinovlari yuqori saviyada oʻtkazildi.

Joriy yilning 16-sentyabr kuni “Guliston” markaziyoʻyingohidaIIV Sirdaryo akademik litseyiga nomzodlar uchun 2020-2021 oʻquv yili uchun test sinovlari Davlat test markazi, ichki ishlar va milliy gvardiya, FVV Sirdaryo viloyati boshqarmasi, tibbiyot va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari jalb etilgan holda oʻtkazildi.

IIV Sirdaryo akademik litseyiga joriy yilda jami 170 nafar oʻquvchilar qabul qilinishi belgilangan boʻlib, shundan 153 nafari oʻgʻil bolalar, 17 nafari esa qizlarni tashkil etadi. Test sinovlari 557 nafar nomzodlarga 20 ta guruhda 1 smenada oʻtkazildi. Nomzodlarga tarix, ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlari boʻyicha 45 ta savollarni yechishlari uchun 90 daqiqa vaqt ajratildi. Barcha nomzodlarning karantin qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda test sinovlarida ishtirok etishlari taʼminlandi.

Test sinovlarini oʻtkazish jarayonida nomzodlar bilan bogʻliq koʻngilsiz holatlar roʻy bermadi. Shuningdek, ularning ota-onalari tomonidan shikoyat va eʼtirozlar kelib tushmadi.

Text to speech