23 Dekabr 2022 yil 189

IIV Sirdaryo akademik litseyida Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash-kelajagi buyuk davlat poydevorini qurish demakdir. Jismoniy yetuk, maʼnan barkamol va intellektual salohiyati yuqori yoshlarni tarbiyalashda sog‘lom turmush tarzining o‘rni beqiyos. O‘z o‘rnida sog‘lom ovqatlanish organizmning o‘sishi, meʼyoriy rivojlanishi va hayot kechirishi, salomatligini mustahkamlovchi hamda kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiruvchi sog‘lom turmush tarzining eng asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Joriy yilning 19 dekabr kuni vazirlik Sirdaryo akademik litseyida Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida  “Sog‘lom ovqatlanish mezonlari” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o‘qituvchilari J.B.Hayitov, X.R.Haqberdiyev va B.B.Ortiqov o‘z maʼruzalarida o‘quvchilarga inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan shartlarni sanab o‘tib, inson organizmiga taʼsir etuvchi tashqi muhit omillaridan biri oziq-ovqat mahsulotlari haqida keng maʼlumotlar berishdi. To‘g‘ri ovqatlanish tartibi, kunlik taomnomani shakllantirish va uni baholashni ko‘rsatib berdi. Bugungi kunda noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida yuzaga kelayotgan alimentar bog‘liq kasalliklar ko‘rsatkichlarining tobora ortib borayotganligi va uni oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalarga alohida to‘xtalib, shu birga sog‘lom turmush tarzining asosoiy negizi bo‘lgan jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish lozimligi takidlandi.

Text to speech