7 Iyun 2022 yil 267

IIV Sirdaryo Akademik litseyida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Joriy yilning 2 iyun kuni Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida «Odam savdosi jinoyatining sodir etilish sabablari va imkon bergan shart-sharoitlari, jinoyatning oldini olishda va qarshi kurashishda ichki ishlar organlarining faoliyati» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, huquq-tartibot organlari, jamoat tashkilotlari, taʼlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa manfaatdor muassasalarning masʼul rahbarlari ishtirok etdi.

Shuningdek, institutning Sirdaryo filiali orqali O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyi direktori mayor G‘.J.Abdullayev, direktorning xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari mayor O.Sh.Suyarov, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kapitan I.S.Botirov, boshqarma Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili podpolkovnik A.S.Safarov, akademik litseyi Kasbiy fanlar kafedrasi mudiri, huquqiy fanlar o‘qituvchisi A.B.To‘ymurotov, Respublika istiqbolli avlod Sirdaryo viloyati bo‘limi yuristi A.X.Akromov, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi odam savdosi bo‘limi bosh mutaxassisi U.R.Ernazarovlar masofadan ishtirok etishdi. Konferensiyada odam savdosi jinoyatining oldini olish va unga qarshi kurashishda amalga oshirilgan islohotlar, mavjud muammolar va uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, davlat organlari va jamoat tashkilotlari oldida turgan asosiy vazifalar, shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

Text to speech