26 Dekabr 2022 yil 240

IIV Sirdaryo akademik litseyida mahorat darslari davom etmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida “ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir”, deb ta’kidladilar. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish, ona Vatanimizga va tanlagan kasbiga sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlash ta’lim-tarbiya jarayonining muhim mezoni sanaladi.

Mazkur ustuvor vazifalardan kelib chiqib, IIV Sirdaryo akademik litseyida joriy yilning 23-dekabr kuni Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Qayumov Zohidjon Jumaboyevich ishtirokida  o‘quvchilar bilan “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyati" mavzusida “ochiq muloqot” tarzida mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuvda ichki ishlar organlarida hamda tergov sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xodimlarga yaratilayotgan imtiyoz va sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Polkovnik Z.Qayumov ichki ishlar organlarida faoliyat ko‘rsatadigan kadrlar vatanparvar, yuksak ma’naviyatli, ruhan tetik, jismonan sog‘lom bo‘lishi zarurligini qayd etib, bu borada o‘z tavsiyalarini berdi. Tadbir so‘ngida faol o‘quvchilarga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

O‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar o‘quvchi-yoshlarni sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirishga va ularning har tomonlama yetuk, bilimli bo‘lib kamol topishlariga xizmat qiladi.

Text to speech