27 Yanvar 2023 yil 260

IIV Sirdaryo akademik litseyi pedagog o‘qituvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-10-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

IIV Sirdaryo akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan litsey pedagog-o‘qituvchilariga targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda, Prezidentimiz qarori bilan IIO tizimiga kiritilayotgan o‘zgarishlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni “taʼlim muassasasidan – xizmatning oxiriga qadar” tamoyili asosida tizimli va uzluksiz tashkil etilishi, ish vaqtidan tashqari paytda akademik litsey o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchi va fuqarolar uchun ixtiyoriylik asosida qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha pulli taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish joriy etilishi, IIV akademik litseyi bitiruvchilari uchun IIV Akademiyasida bakalavriatning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” va “Tezkor qidiruv faoliyati” taʼlim yo‘nalishlariga, to‘lov kontrakt asosida 200 nafargacha qo‘shimcha har yillik kvota kiritilayotganligi bu esa, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlarning yana bir yaqqol misol ekanligi aytib o‘tildi.

Targ‘ibot tadbiri ishtirokchilariga o‘zlarini qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan tegishli tushuntirishlar va javoblar berildi.

Text to speech