22 Dekabr 2022 yil 448

IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari bilan IIV Akademiyasida  

Joriy yilning 21 dekabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida aʼlo baholarga o‘qiyotgan, viloyat fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan hamda litseyning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan 59 nafar o‘quvchilarning ona Vatanimizga va tanlagan kasbiga sadoqat tuyg‘ularini yana-da mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasiga sayohat uyushtirildi.

O‘quvchilar Axborot-resurs markazi, saf maydoni, sport majmuasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazidan joy olgan muzeylar, ayniqsa “Vatanparvarlik burchagi”ni ko‘zdan kechirib, o‘quv dargohining tarixi va buguni haqida taassurotga ega bo‘lishdi. Kursantlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, sport bilan shug‘ullanishi, maʼnaviy-madaniy hordiq olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi. O‘quvchilar kursantlarni kasbiy, maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol toptirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda qatnashib, ulkan taassurotlarga ega bo‘ldilar.

Muloqot tarzida o‘tgan tadbir so‘nggida aʼlochi kursantlar bilan uchrashuv tashkil qilinib, Akademiyadagi islohotlarga bag‘ishlangan videorolik namoyish qilindi.

Text to speech