6 May 2024 yil 3371

IIV Sirdaryo akademik lisey o‘quvchilari “Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi”da!

Joriy yilning 03 may kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVning Sirdaryo akademik litseyi iqtidorli o‘quvchilarini “Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi”ning yangi binosi hamda “Farzandlarini maʼnaviyatga yetaklayotgan ichki ishlar organlari xodimi”ning ramziy haykali bilan yaqindan tanishtirish maqsadida sayohat tashkil etildi.

O‘quvchilar yangi barpo etilgan muzeydagi tarixning oldingi davrlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari, turli yillardagi xizmat kiyimlari, tabel qurollari, uskuna va maxsus vositalar namunalari hamda ichki ishlar organlarini shakllanishi tarixi bilan yaqindan tanishishdi.

O‘quvchilarda 800 kv.metrni hududni egallan ushbu muzeyning to‘rt mingdan ziyod eksponatlari, shuningdek, vazirlikning barcha sohaviy xizmatlari tarixini aks ettirgan alohida burchaklar alohida qiziqish uyg‘otdi.

Muzeyda shuningdek, vatan oldidagi xizmat burchini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan mard o‘g‘lonlar xotirasiga alohida pavilyonning hamda muzey tashqarisida “Farzandlarini maʼnaviyatga yetaklayotgan ichki ishlar organlari xodimi” ramziy haykalining bunyod etilishi alohida maʼnaviy-maʼrifiy maʼno mujassam etib, yoshlarni maʼnaviy yuksalishida, milliy o‘zlikni anglashida, haqiqiy vatanparvarlik g‘oyalarini qaror toptirishda uzoq yillar xizmat qilishi shubhasiz.

Text to speech